2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlarining maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanishi mumkin. Buning uchun xodimlarning mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi.
O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi rejalashtirilmoqda.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi. Shuningdek, o‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkaziladi. G‘oliblar o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy bo‘limlari boshqaruv, ilmiy va ijodiy xodimlarining yangilangan oylik ish haqi miqdorlari joriy etiladi. Shuningdek, ularning xizmatiga qarab ustama to‘lovlar belgilanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting